Ishlab chiqarish 120 foizga oshadi
O‘zbekiston milliy matbuot markazida “O‘zagromashservis” uyushmasi tizimidagi mashina-traktor parklarini qishloq xo‘jalik texnikalari bilan ta’minlashda imtiyozli lizing xizmatlarini yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston milliy matbuot markazida “O‘zagromashservis” uyushmasi tizimidagi mashina-traktor parklarini qishloq xo‘jalik texnikalari bilan ta’minlashda imtiyozli lizing xizmatlarini yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.“O‘zagromashservis” uyushmasi tizimida 13 hududiy mashina-traktor parklari birlashmasi, 174 tuman mashina-traktor parki filiali, yigirmadan ziyod qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlash, sanoat ishlab chiqarish va avtotransport korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Uyushma tizimidagi ta’minot va ta’mirlash korxonalari joriy yilda dala ishlarida qatnashadigan texnika vositalari va g‘alla o‘rish kombaynlarini mavsumiy dala ishlariga tayyorlash uchun joylarga ehtiyot qismlar, qishloq xo‘jaligi shinalari va boshqa turdagi moddiy-texnik resurslarni yetkazib berdi.
Tizimdagi “O‘zKeysservis” qo‘shma korxonasi va uning viloyatlardagi bo‘limlarida “Nyu-Xolland” g‘alla o‘rish kombaynlari, “TL 100”, “TS 135”, “T-7060” rusumlaridagi haydov traktorlari, chigit ekish seyalkalari, omochlar kabi texnika turlariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.
“O‘zagromashservis” uyushmasi tizimidagi korxonalar joriy yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar uchun mexanizatsiya va texnik xizmat ko‘rsatishni 112,7 foizga, sanoat va ta’mirlash korxonalari ishlab chiqarishni 120 foizga yetkazishni rejalashtirmoqda.