Ishingdan mamnunlik tuyg‘usi
Buxoroda tashkil etilgan bayramoldi yarmarkasida fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar tomonidan meva-sabzavot, poliz, go‘sht, baliq, sut va qandolat mahsulotlari savdoga chiqarilmoqda.
Buxoroda tashkil etilgan bayramoldi yarmarkasida fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar tomonidan meva-sabzavot, poliz, go‘sht, baliq, sut va qandolat mahsulotlari savdoga chiqarilmoqda.– Prezidentimiz rahnamoligida fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida paxtachilik va g‘allachilik bilan birga, chorvachilik, bog‘dorchilik, baliqchilik ham serdaromad tarmoqqa aylanib borayotir, – deydi Vobkent tumanidagi “Asadov Baxshulla Ne’mat o‘g‘li” fermer xo‘jaligi rahbari Baxshulla Asadov. – Uch yil oldin tashkil etilgan intensiv bog‘imiz hosilga kirdi. Yaqinda 100 tonna mahsulotga mo‘ljallangan sovutkichni ishga tushirdik. Bu yerda nafaqat xo‘jaligimiz, balki qo‘shni fermerlar tomonidan yetishtirilgan meva-sabzavotlarni ham may oyiga qadar sifatli saqlash imkoniyati mavjud. Bugun mahsulotlarimizning bir qismini yarmarkaga olib keldik. Xaridorlarning bayram dasturxonimizni to‘kin qilayotgan dehqonlar baraka topsin, minnatdorligini eshitganingda qilayotgan ishingdan mamnun bo‘lib, ko‘ngil tog‘dek ko‘tarilib ketadi.
Yarmarkaning dastlabki ikki kunida Buxoro va Vobkent tumanlaridan 50 tonnadan ortiq mahsulot sotildi.
Bunday bayramoldi yarmarkalari viloyatning olis cho‘l hududlari – Gazli shahri, Qizilravot, Jongeldi, Churuq, Zafarobod kabi aholi maskanlarida ham o‘tkazilmoqda.