Ishbilarmon xotin-qizlar uchun noyob platforma
Farg‘ona shahrida “O‘zbekiston Respublikasida tadbirkor ayollar va yosh xotin-qizlar uchun murabbiylik dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish” loyihasi yakuniga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi. Loyiha “Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda Finlyandiya hukumatining moliyaviy ko‘magi asosida amalga oshirildi.
Loyihaga ko‘ra Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 150 nafardan ortiq xotin-qiz o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilib, ularning taklif-mulohazalari o‘rganildi. Chekka hududlarda yashayotgan, zukko, intiluvchan, o‘z oilaviy biznesini yo‘lga qo‘yish niyatidagi qizlar va ayollar saralab olindi. Ular ishtirokida yuqoridagi uch viloyatda O‘zbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbatlari tashkil etildi. Qo‘shilgan qiymat zanjirini hosil qiluvchi yo‘nalishlarda loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi.
Taqdimotlar davomida videokonferensiya shaklidagi muloqotda Sirdaryo viloyatidan “Agro Youth” ishlab chiqarish kooperativi direktori, “Do‘stlik” ordeni sohibi Barchinoy Usmonova, Namangandagi “Runamtex” xorijiy korxonasi direktori, “Shuhrat” medali sohibi Mahfuza Gyumyush va Sirdaryo viloyatidagi ko‘p tarmoqli klaster rahbari Gulchehra Jonjigitova bilan suhbatlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
[gallery-14078]
Yana bir ahamiyatli jihati, loyiha doirasida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari “Tadbirkor ayol” assotsiatsiyalari qoshida “Mentorlik maktabi” tashkil etildi. Multimedia vositalari va zamonaviy o‘quv uskunalari bilan jihozlangan ushbu maktablar biznes olamida mustahkam o‘rin egallashni maqsad qilgan ishbilarmon ayollar uchun noyob platforma bo‘lib xizmat qiladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/POkSrPx0WUA" title="Ишбилармон хотин-қизлар учун ноёб платформа" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA