Ish bor joyda kamchilik bo‘ladi, ammo...
Ish bor joyda kamchilik bo‘ladi, ayniqsa tajribasiz hisobchi tomonidan hozirgi vaqtdagi soliq solish hamda soliq to‘lashning yangicha tartiblariga o‘tish jarayonida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yish ehtimoldan xoli emas.
Ish bor joyda kamchilik bo‘ladi, ayniqsa tajribasiz hisobchi tomonidan hozirgi vaqtdagi soliq solish hamda soliq to‘lashning yangicha tartiblariga o‘tish jarayonida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yish ehtimoldan xoli emas.
Ana shunday jarayonda soliq idorasi xodimlari soliq to‘lovchining huzuriga bormasdan, elektron ma’lumotlar bazasi orqali tahlilni amalga oshirish, ya’ni kameral nazorat tizimi orqali soliq to‘lovchining hisobotlarini tahlil qiladi.
Kamchilik aniqlangan taqdirda, uni bartaraf etish imkoniyatini soliq to‘lovchiga taqdim etadi.
Sirdaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan joriy yilning o‘tgan 8 oyi davomida 9 ming 255 soliq to‘lovchi faoliyatida kameral nazorat tashkil etilgan. Ulardan 6 ming 258 holatda soliq to‘lovchilar tomonidan ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan soliq to‘lovchilarga yuborilgan 6 ming 258 talabnomalar bo‘yicha 108 milliard 600 million so‘mga qayta hisob-kitob qilingan, budjetga 27 millirad 500 million so‘m soliq va boshqa majburiy to‘lovlar undirilgan.
– Maqsadimiz soliq to‘lovchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etilishiga ko‘maklashish, – deydi viloyat davlat soliq boshqarmasi Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring qilish sho‘basi boshlig‘i Suxrob Tavboev. – E’tiborsizlik yoki tajribasizlik sababli xatoga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Umumbelgilangan soliq to‘lash tartibida faoliyat yuritayotgan 415 xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha bazani noto‘g‘ri ko‘rsatgan va soliq organlari yordami bilan ular bartaraf etilgan.
Misol uchun, Yangier shahrida faoliyat yuritayotgan “Ammiak va karbamid zavodini qurish direksiyasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan joriy yilning 8 oyligi bo‘yicha taqdim qilingan hisobotlari xodimlarimiz tomonidan o‘rganilganida, oz emas, ko‘p emas, naqd 2 milliard 400 million so‘m miqdorda norezidentlarning bajargan ish va xizmatlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobotlarda aks ettirilmaganligi aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan jamiyatga belgilangan tartibda talabnoma yubordik. MChJ rahbariyati bu holatga hisobchining tajribasizligi tufayli yo‘l qo‘yilganini bayon etib, xatolik bartaraf etildi va qayta hisob-kitoblar taqdim etilishi ta’minlandi.
Xo‘sh, mabodo, “Ammiak va karbamid zavodini qurish direksiyasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining g‘o‘r hisobchisining hisobotini viloyat davlat soliq boshqarmasi xodimlari kameral nazoratdan o‘tkazmaganida nima bo‘lardi yoki bilsa hazil, bilmasa chin qabilida ish tutish, deganlari shumikan-a?