Is gazi inson hayoti uçun xavfli
Kuz-qiş mavsumi kirib kelişi bilan xonadonlarni isitiş, gaz va isitiş moslamalaridan töğri hamda xavfsiz foydalaniş masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida yuzaga keladigan is gazi bilan boğliq köngilsiz holatlarning oldini oliş barçadan yuqori masʼuliyatni talab etmoqda.
Şu munosabat bilan «Hududgaz Toşkent» gaz taʼminoti filialida is gazidan zaharlanişning oldini oliş hamda aholi örtasida keng qamrovli tuşuntiriş va tarğibot işlariga bağişlangan amaliy seminar ötkazildi.
Unda filial boş muhandisi örinbosari Ş.Niyazmetov va boşqa masʼul mutaxassislar tomonidan bugungi kunda hududlarda amalga oşirilayotgan işlar haqida maʼlumot berdi. Joylarda isitiş tizimlarini texnik körikdan ötkaziş va servis xizmatini körsatiş böyiça amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar sarhisob qilindi.

Şuningdek, tadbirga taklif etilgan Nurafşon şahar FVB boşliği Z.Turapov hamda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi Toşkent viloyati hududiy boşqarmasi boş mutaxassisi D.Asomovlar ham sözga çiqib, favqulodda vaziyatlarning oldini olişda davlat idoralari va gaz taʼminoti korxonalarining hamkorlikdagi tarğibot işlari muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida eʼtirof etdi. Muloqot davomida taʼkidlanganidek, havo haroratining pasayişi natijasida aholi tomonidan turli isitiş moslamalaridan foydalaniş keskin ortadi. Biroq yoz mavsumi davomida işlatilmagan, texnik körikdan ötkazilmagan hamda qölbola yoki nostandart isitiş qurilmalarini işlatiş, şuningdek, dudburon va mörilarning tozaligiga eʼtiborsizlik qiliş oğir oqibatlarga olib kelişi mumkin.

Soha mutaxassislari va FVB vakillari isitiş mavsumini xavf-xatarsiz ötkaziş uçun muhim xavfsizlik talabiga qatʼiy rioya qiliş zarurligini eslatib ötdi. Xususan, faqat muvofiqlik sertifikatiga ega bölgan isitiş moslamalarini işlatiş zarur. Qölbola va nostandart moslamalardan foydalaniş qatʼiyan taqiqlanadi. Mavsum boşlanişidan oldin isitiş tizimlarini malakali mutaxassislarga tekşirtiriş kerak.
Binolardagi dudburon va ventilyatsiya kanallarini qurum hamda boşqa tösiqlardan muntazam ravişda tozalaş lozim. Xonalarda doimiy havo aylanişi (ventilyatsiya) berkitilmaganligini va töğri işlaşini nazorat qiliş muhim.
Agarda is gazidan zaharlaniş boşlanganda insonda boş oğriği, boş aylanişi, köngil aynişi va holsizlik kabi alomatlar kuzatiladi. Bunday holat aniqlanganda darhol xonani şamollatib, havo almaşinuvini taʼminlaş, jabrlanganlarni va boşqa odamlarni tezda toza havoga olib çiqiş hamda zudlik bilan tez tibbiy yordam va gaz xavfsizligi xizmati telefon raqamlariga murojaat qiliş zarur.
Tadbirda hududiy xodimlarga bu kabi tarğibot işlarini muntazam ötkaziş borasida tavsiyalar berildi.
A. Musayev, ÖzA