Institutda talabalar yozgi o‘quv oromgohi ish boshladi
FOTOREPORTAJ
Andijon davlat chet tillari instituti tomonidan oliygohning Xonobod shahar Kampirobod mahallasida joylashgan Turizm laboratoriyasida an’anaviy, talabalar yozgi o‘quv oromgohi tashkil etildi.
O‘quv oromgohida talaba-yoshlarning harakatlanishi yuzasidan maxsus dastur ishlab chiqilib, turli ilmiy, ijodiy, motivatsion, psixologik trening hamda seminarlar, sport musobaqalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish orqali ishtirokchilarning iqtidori va iste’dodini yuzaga chiqarish, turli yo‘nalishlardagi ko‘nikmalarini shakllantirish ko‘zda tutilgan.
[gallery-18035]
Tanlov asosida saralab olingan 62 nafar talaba ushbu mavsum davomida dam olish, hordiq chiqarish, turli seminar-treninglarda ishtirok etish bilan birgalikda, turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan, o‘z ishining haqiqiy yetakchisi bo‘lgan shaxslar bilan tashkil etiladigan davra suhbatlarida mahorat darslarini olish imkoniga ega bo‘ladi. Samarada, ular kelgusi o‘quv yilida o‘zlari egallagan bilim asosida tengdoshlarini turli loyihalar atrofida jamlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga intiladi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA