Insoniyat sinovda: So‘nggi urushlar dunyoga achchiq haqiqatni ko‘rsatdi (+video)
XXI asr insoniyatni yangi bosqichga olib chiqishi, texnologiya taraqqiyoti xavfsiz va barqaror dunyo yaratishi kutilgan edi. Afsuski, so‘nggi yillarda Rossiya va Ukrainadan Yaqin Sharqqacha cho‘zilgan qurolli mojaro nuqtalari bu tasavvurni jiddiy sinovdan o‘tkazdi.
Urushlar faqat davlatlar o‘rtasidagi kuch to‘qnashuvi emas, balki zamonaviy xalqaro tizim mustahkamligi, iqtisodiy bog‘liqlik samarasi va global xavfsizlik mexanizmining haqiqiy holatini namoyon etuvchi o‘ziga xos imtihonga aylandi.
So‘nggi mojarolar bir muhim haqiqatni ko‘rsatdi: bugungi dunyoda g‘alaba faqat jang maydonida hal bo‘lmaydi. Ya’ni, mamlakatning iqtisodiy barqarorligi, axborot makonidagi ustunligi, jamiyatning ichki birligi va siyosiy iroda ham harbiy salohiyat kabi hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois xavfsizlik tushunchasi o‘zgarmoqda.
Endi davlatlar faqat chegarani emas, balki axborot makoni, raqamli infratuzilma va jamiyatning ma’naviy barqarorligini ham himoya qilishga majbur.
Yana bir e’tiborli jihat: so‘nggi urushlar xalqaro munosabatda yangi voqelik shakllantirmoqda. Dron, sun’iy intellekt va kiber texnologiya harbiy harakatning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Natijada qurolli to‘qnashuvning ko‘lami, usuli va oqibati o‘zgarmoqda. Bu davlatlardan xavfsizlikka nisbatan mutlaqo yangi yondashuv, uzoq muddatli strategik fikrlash talab etmoqda.
Dunyo sahnida yuz berayotgan so‘nggi urushlardan qanday saboq chiqarish mumkin? Zamonaviy mojarolar xalqaro tizimning qaysi zaif nuqtalarini ochib beryapti? Insoniyat qanday xulosalar chiqarishi kerak? O‘zA muxbiri aynan shu savollarga siyosatshunos Muhtor Nazirovdan javob olishni maqsad qildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/cwRcArsQjiQ" title="Urushlar dunyoga achchiq haqiqatni ko‘rsatdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo, Doniyor Yoqubov (video), O‘zA