Inson bor ekan, xotira – muqaddas
Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak.
Tinchligini yo‘qotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo‘la olmaydi.
9 mayni Xotira va Qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi.
Hamon oramizda qanchadan-qancha urush qatnashchilari, front ortida mehnat-mashaqqat chekkanlar bor. O‘tganlarni xotirlash, safimizda yurganlarning esa qadriga yetish kerak.
Xotira va Qadrlash kuni chinakam milliy – umumxalq bayramiga aylandi. Bu bayramda Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar xotirlanadi, umuman, o‘tganlar ruhi yodga olinadi, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasi oldida hurmat bajo keltiriladi.
Bugun respublikamizning barcha hududlarida bayram tadbirlari, uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo‘limi boshqaruvi tomonidan o‘tkazilgan 9 may – Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan turli tadbirlar ham shular jumlasidan.
“Mahalla” fondi Toshkent shahar bo‘limi tashabbusi bilan joriy yilning 2 mayidan boshlab 9 may – Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan Yunusobod tumanidagi Sayilgoh ko‘chasida joylashgan Amir Temur xiyoboni va Yakkasaroy tumani, Sharof Rashidov ko‘chasida joylashgan Moviy Gumbazlar xiyobonida bayram ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Aholiga esdalik uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i aks ettirilgan lentalar 2500 dona, “Xotira va qadrlash” ko‘krak nishoni 500 dona va 3000 dona nakleykalar tarqatilib, bayram bilan tabriklandi.
Bu kabi bayram tadbirlari shahrimizning barcha tumanlarida yuqori kayfiyatda davom etmoqda.
“Mahalla” fondi Toshkent shahar bo‘limi