Indoneziyaning Flores oroli yaqinida kuchli yer silkinishi qayd etildi
Indoneziyaning Flores oroli qirg‘og‘i yaqinida 5,5 magnitudali yer silkinishi yuz berdi. Bu haqda Umumevropa va O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi (EMSC) xabar bergan.
Jami 34 000 dan ziyod aholi istiqomat qilayotgan Ruteng shahridan 65 kilometr shimolda kuzatilgan hodisa o‘chog‘i 160 kilometr chuqurlikda ekani aniqlandi. Hozircha tabiiy ofat oqibatida jabrlanganlar yoki vayronagarchilik to‘g‘risida xabar berilgani yo‘q. Seysmologlar ta’kidlashicha, mamlakat hududida kun davomida yana kamida 14-marta 4,3 magnitudagacha darajali yer silkinishi kuzatilgan.
Eslatib o‘tamiz, 15-avgust kuni ushbu davlatda yuz bergan 7,7 magnitudali kuchli zilzila tufayli 71 kishi halok bo‘lgan edi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA