Indoneziyada kuchli suv toshqinlari
Indoneziya poytaxti Jakartadagi yirik suv toshqinlari toʻqqiz kishining umriga zomin boʻldi.
Indoneziya poytaxti Jakartadagi yirik suv toshqinlari toʻqqiz kishining umriga zomin boʻldi. Bu haqda Indoneziya favqulodda vaziyatlar xizmati maʼlumotiga tayanib “Sinxua” axborot agentligi xabar bermoqda.
Mamlakatdagi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha milliy agentlik matbuot kotibi Agus Vibovo kamida 90 tumanda Yangi yil arafasida kuchli yomgʻir yoqqani va daryolar oʻzanidan toshib ketganini maʼlum qilgan.
Taxminan 13 ming kishi evakuatsiya qilingan.