Indoneziyada 7 ming 200 yillik qoldiqlar topildi
Indoneziyada 7 ming 200 yillik yosh ayolning skeleti topildi, deya xabar bermoqda Detik veb-sayti.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tadqiqotchilar ushbu odam qoldig‘ini toaliyaliklar deb ataluvchi ovchi-yig‘uvchilarning qadimiy guruhiga tegishli ekanini aniqlagan. Toaliyaliklar Sulavesi shahrida yashab o‘tgan.
O‘sha paytda ayol 17-18 yoshlar atrofida bo‘lgani aytilmoqda, qoldiqlar Indoneziya arxeologlari tomonidan 2015 yilda topilgan. Keyinchalik 2015-2021 yillarda ushbu voqea ustida chuqur o‘rganishlar o‘tkazildi va bu davom etmoqda.