Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi nega tashkil qilinmoqda?
Xabaringiz bor, joriy yilning 11-avgust kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi.

Imom Moturidiy va uning izdoshlari boʻlgan allomalarning ulkan ilmiy, diniy-maʼnaviy merosini chuqur oʻrganish, ularni kelgusi avlod va xalqaro jamoatchilikka yetkazilishida huquqiy manba boʻlib xizmat qiluvchi ushbu qaror yuzasidan Toshkent islom instituti rektori Uygʻun Gʻofurov quyidagilarni bayon etdi.
“Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident qarorining qabul qilinishi sohada olib borilayotgan tizimli ishlarning yana bir yangi bosqichi, deb aytishimiz mumkin.
Aynan Imom Moturidiyning vatani boʻlgan hozirgi Oʻzbekistonda bu ishlarning amalga oshirilishi butun islom dunyosini hamda bu borada ish olib borayotgan tadqiqotchilarni xursand qiladigan quvonarli yangilik deb aytishimiz mumkin. Ushbu markazning tashkil etilishidan hozirgi kunda dolzarb boʻlib turgan qator muammoli masalalarning yechimi topilishiga umid qilamiz.
Jumladan, islomdagi moʻtadillik, hurfikrlilik, bagʻrikenglik, dinlararo, millatlararo totuvlik gʻoyalari aynan Moturidiy davrida va undan keyingi davrda yuzaga kelgan koʻplab buzgʻunchi oqimlar, hozirgi til bilan aytganimizda terrorchi guruhlarga qarshi kurashda mana shunday buyuk ajdodlarimizning hayoti orqali yechilganini koʻramiz, va albatta, mana shu gʻoyalarni bugungi kunda naqadar muhim va dolzarb boʻlib turganini koʻplab xalqaro ekspertlar ham eʼtirof etmoqda. Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilishi va uning faoliyati orqali mana shu masalalarning yechimi topiladi, degan umid bilan koʻplab musulmon mamlakatlari olimlari, mutaxassislari ushbu qarorni olqishlab, hamkorlikni yana-da kuchaytirishga tayyor ekanliklarini bildirmoqda.
Qaror bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”da Imom Moturidiy va Moturidiylik taʼlimoti merosi, Imom Moturidiy, Imom Nasafiy va boshqa buyuk mutafakkir allomalarimizning kitoblarini hozirgi zamonaviy tillarga tarjima qilish, ularning qoʻlyozmalarini chuqur tadqiq etish borasida xalqaro hamkorlikni tashkillashtirish vazifalari koʻrsatilgan. Jumladan, yetakchi islom markazlari bilan birgalikda Xalqaro islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro markazlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlari ham mana shu “Yoʻl xaritasi”dan oʻrin olgan."