Iminaxunova Irodaxon Xuseynovnaning pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Tibbiy ta’lim talabalariga USMLE dasturini integratsiyalashni metodik takomillashtirish texnologiyalari (ingliz tilini o‘qitish misolida)” mavzusida
Iminaxunova Irodaxon Xuseynovnaning 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Tibbiy ta’lim talabalariga USMLE dasturini integratsiyalashni metodik takomillashtirish texnologiyalari (ingliz tilini o‘qitish misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/30.09.2020.tib.122.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengashning 2024-yil 8-aprel kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Farg‘ona shahar, 150100, Yangi Turon ko‘chasi, 2 A-uy. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
Tel.: +998(95) 202-23-45; faks: +998(95) 202-23-45;
e-mail: info@fjsti.uz