Ijtimoiy muhofaza – muhim masala
- O‘zim ishlayotgan Aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” Andijon viloyati Kuyganyor filiali rahbariyati tomonidan mehnat shartnomam bekor qilinib, ishdan bo‘shatilgan edim, - deydi mazkur filial xodimasi Irodaxon Tursunboyeva.
– Ana shu ish yuzasidan viloyat kasaba uyumalari tashkilotlari birlashmasi Yuridik bo‘limi xamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyati bo‘yicha Mehnat huquq inspektoriga murojaat qildim. Arizam o‘rganib chiqilib, shartnoma noqonuniy bekor qilingan, deb topildi va men o‘z ishimga tiklandim.
Mamlakatimiz Bosh qomusining 59-moddasida “Kasaba uyushmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda etadilar va himoya qiladilar.” deb qat’iy belgilab qo‘yilgan. Ana shu hujjatga ko‘ra, yurtimizda kasba uyushmalari tomonidan fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini muhofaza qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mazkur yo‘nalishda Andijon viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining olib borayotgan ishlari e’tiborga molik.
- Ayni kunda birlashma tizimidagi 2 ming 441 ta boshlang‘ich tashkilotlarga 344 ming nafarga yaqini kasaba uyushma a’zolari birlashgan, - deydi Andijon viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi Qodirjon Parpiyev. - Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida mehnatkash-larning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va intellektual manfaatlarini himoyalash, ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish, aholining bandligini ta’minlash, mehnatni muhofaza qilish, fuqarolar ma’naviyatini yuksaltirish, xodimlar va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish borasida muayyan ishlar olib borildi.
Viloyat hokimligi, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari Birlashmasi hamda savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi o‘rtasida 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan hududiy Kelishuv hamda viloyat miqyosidagi boshqarma va idoralar bilan ana shu maqsadlarga yo‘naltirilgan 6 ta qo‘shma qaror va qator tadbirlar imzolanib, ularda belgilangan vazifalarning bajarilishiga erishildi.
Birlashmaning bo‘limlariga 2020 yilning 11 oyida fuqarolardan tushgan mehnat qonunchiligiga oid 53 ta yozma, 5 ta og‘zaki, 15 ta elektron, 61 ta ta “Ishonch telefoni” orqali murojaatlar qonunlarda belgilangan tartib va muddatlarda o‘rganib chiqildi. Xususan, murojaatlarni o‘rganish jarayonida kasaba uyushmalarining aralashuvi bilan 350 nafar fuqarolarning buzilgan mehnatga oid huquqlari tiklanishiga erishilgan hamda majburiy progul vaqtlari uchun jami 179 mlillion 311 ming 459 so‘m xaqlari undirib berildi. Shuningdek, 6 nafar fuqaroning mehnat shartnomasi noqonuniy tarzda bekor qilinganligi aniqlandi va ular o‘z ishlariga qayta tiklandi. Majburiy yurgan progul vaqtlari uchun oladigan haqlari undirib berildi. Bundan tashqari, moddiy yordam va sihatgohlarga yo‘llanma so‘rab murojaat qilgan 7 nafar fuqaroning so‘rovlari qondirildi.
Birlashma, uning bo‘limlari hamda tuman, shahar kasaba uyushmalari kengashlari tomonidan mahallalarda, mehnat jamoalarida, ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni va boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlar ijrosini ta’minlash, mehnatkashlar uchun qulay ish sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarishda jarohat va kasb kasalliklarining oldini olish, xodimlarning huquqiy savodxonligi va madaniyatini yuksaltirish, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi mavzularida qator suhbatlar, uchrashuvlar va seminarlar o‘tkazilganligi mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Ayniqsa, koronavirus pandemiyasi munosabati bilan tibbiyot xodimlari ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, kam ta’minlangan oilalarga ko‘mak berish borasida e’tiborpga molik ishlar olib borildi.
Birlashma dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni muhokama etish, ijtimoiy sherikchilikni rivojlantirish yuzasidan viloyat hokimligi, uning bo‘lim va boshqarmalari, huquq-tartibot idoralari, bank-moliya muassasalari, jamoat hamda nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda olib borgan ishlar ham samarali bo‘ldi. Hamkorlikda o‘tkazilgan yig‘illishlarda qabul qilingan qarorlar, tavsiyalar ijrosini to‘la ta’minlanganligi e’tiborga molik.
Joriy yilning o‘tgan davrida jamoa shartnomalarini tuzish, ularning ijrosini ta’minlash, korxonalarda “ustoz-shogird” tizimini rivojlantirish, ish haqi va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash, aholi bandligini ta’minlash, umuman, mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari himoyasini yanada kuchaytirish borasidagi ishlar ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishga qaratilgan 6 ta viloyat seminarlari o‘tkazildi, joylarga chiqib, 500 tadan ortiq boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotiga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatildi.
Ayniqsa, kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Birlashmada tadbirkorlar borasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olish maqsadida “Ishonch telefoni”, huquqiy va mehnat qonunchiligi bo‘yicha yortam ko‘rsatuvchi Maslahati markazlari tashkil etildi. O‘tgan davr maobaynida ishonch telefoni orqali va Maslahat markaziga murojaat qilgan fuqarolarga zarur yordamlar ko‘rsatildi.
Korxona va tashkilotlarda imzolangan jamoa shartnomalari va jamoa kelishuvlari ijrosiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Viloyatdagi korxonalarda mehnat qilayotgan kam ta’minlangan oilalarning vakillariga moddiy yordamlar ko‘rsatildi, shuningdek, ko‘plab yangi oila qurgan yoshlarga uy-joy qurilishi uchun foizsiz ssudalar berildi. Bundan tashqari, ish beruvchilar tomonidan kamta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oila vakillarining farzandlariga darsliklar xarid qilish va ijara to‘lovini to‘lash, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalarga kontrakt to‘lovining ma’lum qismi to‘lab berildi.
Bundan tashqari, viloyatdagi turli sohalar tasarrufidagi korxona va muassasalarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar ichki turizmni rivojlantirish maqsadida mamlakatimizning tarixiy shaharlariga sayohatga yuborildi.
Mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasidagi bu kabi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Birlashma tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotda belgilangan tartiblar doirasida o‘rganishlar o‘tkazildi. O‘rganishlar jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tartibda taqdimnomalar kiritildi. Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish uchun amaliy va uslubiy yordamlar ko‘rsatildi.
Kasaba uyushmalari faoliyatini yaxshilash, fuqarolar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida viloyatdagi qatorkorxona va tashkilotlardagi “Ma’naviyat va ma’rifat” xonalarida “Kasaba uyushma burchagi” tashkil etilgan. Ularga kasaba uyushma faoliyatiga oid zarur ko‘rgazmali vositalar, muhim huquqiy-me’yoriy hujjatlar qo‘yilgan. Bundan tashqari, soha ishini yanada rivojlantirish maqsadida turli ko‘rik-tanlovlar, festivallar, sport mussobaqalarining o‘tkazilayotganligi ham samarali natijalar bermoqda.
Bir so‘z bilan aytganda aytganda, birlashma tomonidan bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish uchun davlat va jamoat tashkilotlari, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qilish idoralari, umuman, keng jamoatchilik bilan hamkorlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Asosiy maqsad, Bosh qomusimizda belgilanganidek, mehnatkashlar ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, fuqarolar turmush farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan.
Faxriddin UBAYDULLAEV, O‘zA