III “Ustozlar milliy forumi” o‘z ishini boshladi
Maktabni o‘zgartirmasdan turib jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ta’lim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – bog‘cha va maktabdir.
Ularni muqaddas dargoh qiladigan kuch esa pedagoglardir. Sohada 500 ming nafardan ziyod o‘qituvchi va 150 ming nafardan ziyod tarbiyachi faoliyat olib bormoqda.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan an’anaviy III “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tmoqda. Forumda faol mehnat qilayotgan pedagoglar va faxriy ustozlar ishtirok etmoqda.

Qayd etish lozimki, ushbu tadbir yangi o‘quv yili oldidan ilg‘or metodikalar va sohadagi yangiliklarni o‘qituvchilarga yetkazish maqsadida har yili o‘tkaziladi.

Mahorat darslari umumta’lim fanlari, maktabgacha ta’lim, ma’naviyat kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan.
Trening mashg‘ulotlari 2 kun davom etadi.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA