Hunardan zar undirayotgan Osiyo
Namanganlik Osiyo Mirhojiyeva hunarmandlik faoliyati bilan ro‘zg‘origa qut-baraka kiritayotgan uddaburon ayollardan.
Namanganlik Osiyo Mirhojiyeva hunarmandlik faoliyati bilan ro‘zg‘origa qut-baraka kiritayotgan uddaburon ayollardan.
Milliy liboslar, yostiq, choyshab va ko‘rpa tikish bilan birga buyurtma asosida turli pishiriq va salatlar tayyorlaydi. Usta sartarosh sifatida ham tanilgan opa “Ustoz-shogird” an’anasi asosida yoshlarga hunarmandlik sirlarini o‘rgatmoqda.
– O‘tgan yili olingan daromaddan beshta tikuv mashinasi xarid qildim, – deydi O.Mirhojiyeva. – Mamlakatimizda tadbirkorlarga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan foydalanib, hunarmandlik yo‘nalishida xususiy korxona tashkil etish va bir necha xotin-qizni ish bilan ta’minlashni mo‘ljallamoqdamiz.