Humoyun Sultonov bosh sovrinni ko‘zlamoqda
Belgiyaning Bryussel shahrida tennis bo‘yicha M25 tasnifidagi xalqaro turnirda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Humoyun Sultonov yakkalik bahslarni muvaffaqiyatli boshladi.
Humoyun ilk davrada belgiyalik Kilian Kollignonga qarshi kortga chiqib, 6:3, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi va 1/8 final bosqichida boshqa bir mezbon tennischi Xarold Xuensga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Humoyun Sultonov o‘tgan haftada aynan Belgiyada o‘tkazilgan xalqaro turnirda finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etib, vitse-chempion bo‘lgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA