Hududlar musaffoligi o‘z qo‘limizda
Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yakunlangan 2025 yilda Toshkent viloyatida bahorgi mavsumda 11 million 16 ming tup, kuzgi mavsumda esa 10 million 493,2 ming tup daraxt ko‘chatlari ekilgan.
Xususan, ko‘chatlar parvarishida agrotexnik qoidalarga qat’i rioya yetish, sug‘orish ishlarini tizimli amalga oshirish bo‘yicha mutaxassislar ishtirokida ilmiy-amaliy seminarlar o‘tkazildi. Shuningdek, ko‘chat ekish ishlarini tashkil yetishda hududlarning iqlim va tuproq sharoiti, sug‘orish tizimlariga alohida e’tibor qaratildi. Viloyatda ko‘chat yetkazib berish va narx-navo barqarorligini ta’minlash maqsadida ko‘chat yarmarkalari joylarda savdo nuqtalari tashkil etildi.
Biroq yoz faslining jazirama issiq kunlari ayrim hududlarda ekilgan ko‘chatlarning qurib qolgan holatlari ham aniqlandi. Shu tufayli bu kabi muammolarni bartaraf qilish uchun tegishli choralar ko‘rildi. Joylardagi rahbar-xodimlarning mas’uliyat oshirildi.

– Har bir ekilgan ko‘chatlarni oziqlantirish, sug‘orish, turli xil zararkunandalarga qarshi kimyoviy ishlov berish va parvarish qilish maqsadida mas’ullarga biriktirildi. Shu bilan birga, viloyatning 10 ta tuman-shaharda “Yashil hudud” DUK tomonidan 26,4 gektar yer maydonida “Yashil bog‘”lar, 25,7 gektar yer maydonda “Yashil jamoat parklari”, 25,2 gektar yer maydonda 14 ming tupdan ortiq ko‘chatlar ekilib 46 ta “Hokimlik yashil bog‘”lari barpo etildi – deydi, Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi sho‘’ba boshlig‘i Bekmurod Sayfullayev. – O‘tgan yilda “Mening bog‘im” loyihasi doirasida “Ochiq byudjet” portali orqali g‘olib bo‘lgan hududlarda o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan 10,4 gektar yer maydonida 23 ta “Yashil bog‘” va “Yashil jamoat parklari” tashkil etildi. Mazkur tashabbus bo‘yicha jamoatchilik fikri asosida yana sa’y-harakatlar davom etadi. Bundan tashqari, 359 ta mahallada 208 ming tupdan ziyod ko‘chat ekilib “Yangi mahalla bog‘”lari barpo qilindi, mavjudlari esa kengaytirildi.
Viloyat hududidagi 173 ta atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha yuqori va o‘rta darajadagi xavfli sanoat korxonalari va ularga tutash hududlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi bahor mavsumida 894 ming tup ko‘chatlarni ekish va “Yashil belbog‘”lar barpo etish belgilangan.
A.Musayev, O‘zA.