Hindistonda kuchli bo‘ron
Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida yuz bergan dahshatli tabiiy ofat 100 dan ziyod insonning hayotiga zomin bo‘ldi.
13-may kuni kechqurun boshlangan kuchli bo‘ron, ya’ni soatiga 100 kilometrdan yuqori tezlikda esgan shamol va shiddatli yomg‘ir natijasida minglab daraxt ildizi bilan qo‘porilgan, ulkan reklama taxtalari va turar joy binolari vayron bo‘lgan. So‘nggi rasmiy ma’lumotga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 111 kishi. 72 fuqaro turli darajadagi jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Fojiaviy o‘lim holatlarining aksari chaqmoq urishi yoki daraxt va devor odamlar ustiga qulashi oqibatida yuz bergan. Shuningdek, juda ko‘p uy hayvonlari ham nobud bo‘lgan. Qutqaruv xizmati vayronalarni tozalash va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishda davom etyapti. Mahalliy hokimiyat zarar miqdorini baholayapti.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA