Hech bir tashabbus e’tiborsiz qolmaydi
Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev Guliston shahridagi tadbirkorlar va hunarmandlar markazida o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi.
Viloyat rahbari yoshlar tomonidan ishlangan tasviriy san’at namunalari bilan tanishdi. Ochiq va samimiy kechgan uchrashuv davomida yoshlarning ishga joylashish, bank krediti, huquqiy yordam va tadbirkorlik faoliyatini boshlashga oid murojaat hamda takliflar tinglandi. Yoshlar tomonidan o‘rtaga tashlangan masalalarning aksariyati joyida hal etildi.
Kredit olish va ishga joylashish istagidagi yoshlar bilan bank hamda bandlik mutasaddilari shug‘ullanishi yuzasidan ko‘rsatma berildi. Bir necha murojaat esa viloyat miqyosida ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi. Murojaat, taklif va tashabbuslarning ko‘rib chiqilishi, shuningdek, mas’ullar zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi kelgusi uchrashuvlarda muhokama qilib borilishi belgilab olindi.


Sh. Suyarov, O‘zA