HAYOT Foundation platformasi tomonidan Maktablardan uzoqda joylashgan hududlarga maktab avtobuslari topshirildi
Toshkent shahrida “Renessans” tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish milliy markazi NNTning CSR platformasi — HAYOT Foundation rasman faoliyatini boshladi. Platforma o‘zining ilk ijtimoiy loyihasi doirasida chekka hududlardagi maktablarga avtobuslar topshirdi.
Loyiha davlat, biznes va jamoatchilik hamkorligida ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarni amalga oshirishni maqsad qiladi.
HAYOT Foundation CSR platformasining birinchi tashabbusi — “Maktabga xavfsiz harakat” loyihasi doirasida chekka hududlardagi maktablarga avtobuslar topshirish bo‘ldi.
Avtobuslar quyidagi ta’lim muassasalariga berildi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Mo‘ynoq tumani — 18-maktab
Surxondaryo viloyati, Termiz tumani — 18-maktab
Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani — 92-maktab
Samarqand viloyati, Nurobod tumani — 10-maktab
Ma’lum qilinishicha, ayrim hududlarda o‘quvchilar maktabga yetib borish uchun har kuni 20 kilometrgacha masofani piyoda bosib o‘tadi. Bu holat ta’lim olish jarayoni va bolalar xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatmoqda.
HAYOT Foundation CSR platformasi, Gross, Kapitalbank va «Kelajak» Respublika markazi o‘rtasidagi hamkorlik ushbu tashabbusning muhim qismiga hamda ijtimoiy mas’uliyatli sheriklik bolalar, oilalar va butun mintaqalar hayotida qanday qilib real o‘zgarishlarga aylanishi mumkinligining yorqin namunasiga aylandi.
O‘zA