Havaskor velosportchilar poygasi
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan Keksalarni e’zozlash yiliga bag‘ishlab tashkil etilgan “Kasaba-tur” respublika velomarafonining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.Unda tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 120 nafar havaskor velosportchi ishtirok etdi.
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan Keksalarni e’zozlash yiliga bag‘ishlab tashkil etilgan “Kasaba-tur” respublika velomarafonining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.Unda tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 120 nafar havaskor velosportchi ishtirok etdi.Musobaqaning ochilishida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida velosport tobora ommalashib borayotgani ta’kidlandi.
– Velosportning aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda ahamiyati beqiyos, – deydi Uchtepa tumanidagi 62-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Feruza Qosimova. – Ushbu sport bilan muntazam shug‘ullangan kishi sog‘lom, faol bo‘ladi, eng asosiysi, oilasida sog‘lom muhit qaror topadi.
Musobaqada Doniyor Hamroyev, Ulug‘bek Olimjonov, Shuhrat Adhamxonov, Vyacheslav Pyatkov, Viktor Busargin, Fazliddin Shorahmedov, Irina Lukiyenko, Anna Vishnevskaya, Yekaterina Kondakova, Svetlana Isayeva, Galina Chiganova, Nodira Xo‘jamova g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
– Yoshligimdan sport bilan shug‘ullanaman, – deydi musobaqa ishtirokchisi 73 yoshli O‘tkir Hamdamov. – Velosport o‘zimni tetik va bardam his qilishimga yordam beradi. An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan velomarafonning doimiy ishtirokchisiman. Ushbu musobaqa biz faxriylarning ko‘nglimizni ko‘tarib, o‘zimizga bo‘lgan ishonchimizni oshiradi.
G‘olib va sovrindorlar musobaqaning mamlakat bosqichiga yo‘l oldi.