Havaskor sportchilar velomarafoni
Urganchda mustaqilligimizning 24-yilligiga bag‘ishlab “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!” shiori ostida yoshlar o‘rtasida “Kamolot-tur” velomarafonining Xorazm viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada viloyatning barcha shahar va tumanlaridan 100 dan ortiq ishtirokchi bahslashdi. 9-14 yoshli sportchilar o‘rtasida Mahmudjon Sharipov, 15-17 yoshlilar o‘rtasida Javohir O‘rolboyev, 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida Bektemir Rajabov g‘oliblikni qo‘lga kiritib, musobaqaning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.
«Eng yosh poygachi», «Faxriy velopoygachi», «Eng mahoratli texnik velopoygachi», «Eng irodali velopoygachi», «Eng mahoratli velopoygachi qiz» va «Velopoygachilar oilasi» nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.