Harbiylarimiz baraka topsin
Bugungi texnika rivojlangan vaqtda, kichik, ixcham va chogʻroq avtomobillar yoki piyodalar oʻtish koʻpriklarini tiklash u qadar koʻp vaqt talab qilmaydi.
“Sardoba” suv omboridagi oʻpirilish natijasida yuzaga kelgan suv toshqini Sardoba, Mirzaobod, Oqoltin tumanlaridagi 10 ta aholi punktidagi turar-joylar, ichki va tashqi yoʻllar hamda toshqin qarshisida uchragan barcha mavjud koʻpriklar buzilgan edi.
Bugungi texnika rivojlangan vaqtda, kichik, ixcham va chogʻroq avtomobillar yoki piyodalar oʻtish koʻpriklarini tiklash u qadar koʻp vaqt talab qilmaydi. Ammo yirik va uzun koʻpriklarni qayta tiklash anchagina vaqt talab etadi.
Toshqin oqibatida Mirzaobod tumanidagi Navbahor va Bahoriston mahallalarini bogʻlab turuvchi 50 metrlik koʻprik ham vayron boʻlgan edi. Bahoriston aholisi Navbahor mahallasiga, navbahlorliklar bahoristonlik ogʻaynilarinikiga, shundoqqina biqinlaridagi joyga oʻtishlari uchun toshqindan soʻng, oz emas-koʻp emas 150 kilometrlik yoʻl bosishlariga toʻgʻri kelib ancha qiynalishayotgan edi.
Tiklanish, tozalash ishlarida faol ishtirok etayotgan Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tomonidan qisqa fursatda yangi ponton koʻprigi qurib bitkazdi va foydalanishga topshirdi.
Har ikki mahalla aholisi “Harbiylarimiz, baraka topishsin!” deya duo qilmoqda.