Harbiylar faxriylarni yoʻqladi
Okrug masʼullarining maʼlum qilishicha, 30 oilaga 8 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Qurbon hayiti munosabati bilan Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi Samarqand shahrida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylari holidan xabar oldi.
Okrug masʼullarining maʼlum qilishicha, 30 oilaga 8 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Bundan tashqari okrug harbiy xizmatchilari bugungi pandemiya sharoitida vaqti-vaqti bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining xonadonlarini dezinfeksiya qilmoqda.