Harbiy qurol-aslahalar va texnikalar ko‘rgazmasi
Andijon shahrida “Er yigitning er yigitga aytgan gapi ta’sirli bo‘ladi” shiori ostida harbiy qismlar tomonidan qurol-aslahalar va texnikalar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda harbiy xizmatga bo‘lgan ishtiyoqni oshirish, xalq va armiya yakdilligini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan ko‘rgazmada yoshlar jangovar texnika va qurollar bilan yaqindan tanishib, harbiylarning sharafli vazifalariga oid qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
[gallery-455]
Shuningdek, tadbir doirasida tashkil etilgan harbiylarning qo‘l jangi bo‘yicha sahnalashtirilgan chiqishlari yig‘ilganlarga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Harbiylar bilan o‘tgan samimiy suhbat davomida esa yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.
Shunday ko‘rgazma shahar va tumanlarda 2021 yilning 10 yanvar kuniga qadar davom etadi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA