Har bir hovlida gulzor: Ravot mahallasi tajribasi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Kosonsoy tumanining Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegaradosh Ravot mahallasi aholisi tomorqachilikda o‘ziga xos tajriba maktabini yaratgan.
Dehqonchilikka ixtisoslashgan mahallada bugungi kunda 1255 ta xonadonda 6650 nafar aholi istiqomat qiladi. Xonadon egalari tomorqalardan unumli foydalanib, barqaror daromad manbai yaratishga erishmoqda.
Mahallaning e’tiborli jihati shundaki, deyarli har bir xonadon hovlisida lolazor barpo etilgan. Rang-barang gullar atrof-muhitga go‘zallik bag‘ishlab, mahallaga o‘ziga xos qiyofa beradi.
[gallery-28627]
Shu bilan birga, mahallada chorvachilik ham rivojlangan bo‘lib, aholi qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lmoqda.
Ta’kidlash joizki, tomorqadan oqilona foydalanish aholi farovonligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA