Hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish, ularni ixtisoslashtirish markazi Navoiy filiali hamda Boshqirdiston davlat avtonom qo‘shimcha kasb-hunar ta’lim muassasasi “Malaka oshirish markazi” o‘rtasida hamkorlik va anglashuv memorandumi imzolandi.
Unda markazlar o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv va hamkorlikni yanada rivojlantirish, intellektual va innovatsion resurslarni, shuningdek, davlat ta’lim muassasalari o‘rtasida klinik ilmiy va amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida qo‘shma xalqaro loyihalarni tashkil etish va ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, professor-o‘qituvchilar bilan ta’lim bo‘yicha tajriba almashish hamda dasturlar ishlab chiqish belgilangan.
Qolaversa, hujjatda ilmiy-pedagogik xodimlar tomonidan ma’ruzalar, mahorat darslari, shu jumladan, “onlayn” rejimda mashg‘ulotlar olib borish, qo‘shma konferensiyalar, seminarlar, simpozium, davra suhbatlari va mahorat saboqlarini o‘tkazish o‘z aksini topgan.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri