Hamkorlarimiz xabarlari
Murojaatnomada 2020-yil va kelgusi besh yil uchun rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlari va vazifalari belgilab berildi.
Murojaatnomada 2020-yil va kelgusi besh yil uchun rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlari va vazifalari belgilab berildi
“Kazinform” axborot agentligining maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Saidikrom Niyozxoʻjayev M.Narikboyev nomidagi Qozogʻiston gumanitar-yuridik universitetida brifing oʻtkazgan. Birifingda ishtirokchilarga elchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yoʻllagan murojaatnomasining mazmun mohiyati haqida soʻzlab bergan.
“Prezident oʻz murojaatnomasida oʻtgan yil yakunlariga baho berib, 2020-yil va kelgusi besh yil uchun mamlakatni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari va vazifalarini belgilab berdi, dolzarb masalalar boʻyicha qonunchilik tashabbuslarini ilgari surdi”, – deydi S. Niyozxoʻjayev.
Elchining taʼkidlashicha, 2019-yil dekabrda “Yangi oʻzbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida elektoral jarayon boʻlib oʻtdi. Ushbu siyosiy voqea mamlakatda yangi siyosiy muhitni shakllantirdi. Ochiq va oshkoralik sharoitida, xalqaro standartlar asosida oʻtgan saylovda qariyb, 50 ta mamlakatdan hamda 10 ta xalqaro tashkilotdan 825 kuzatuvchi hozir boʻldilar. Oʻzbekiston ilk bor tarkibi 316 kishidan iborat boʻlgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha Buyurosining keng qamrovli missiyasi bilan yaqindan hamkorlik qildi.
Xalqaro kuzatuvchilar saylovlar siyosiy partiyalar oʻrtasida sogʻlom raqobat, keskin bahs-munozaralar sharoitida oʻtganini, bunda ommaviy axborot vositalari roli sezilarli ravishda oshganini ochiq-oydin eʼtirof etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻzining murojaatnomasida asosiy eʼtiborni, ayniqsa mahalliy kengashlarga, saylovlarning uch bosqichli tizimini optimallashtirishga qaratish lozimligini taʼkidlagan, bu jarayonda tuman va shahar saylov komissiyasi rolini kuchaytirish muhimligini qayd etgan.
Elchi Oʻzbekiston Prezidenti murojaatnomada mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilinayotgan investitsiyalarga eʼtibor qaratdi. Toʻgʻridan toʻgʻri jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi 4,2 milliard dollarni tashkil etgan va bu 2018-yil bilan solishtirganda 3,1 milliard dollarga ortgan. Mamlakat yalpi ichki mahsulot hajmida investitsiya ulushi 37 foizga yetdi.
Oʻzbekiston birinchi bor xalqaro kredit reytingini oldi va jahon moliya bozoriga bir milliard dollar miqdorida obligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi. Keyingi 10 yil davomida ilk bor Oʻzbekistonning Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining kreditli risk boʻyicha reytingida pozitsiyasi yaxshilandi.
Mamlakatda energetika, neftgaz sanoati, geologiya, transport, yoʻl qurilishi, qishloq va suv xoʻjaligi, ichimlik suvi bilan taʼminlash va boshqa qator sohalarda chuqur tuzilmaviy yangilanishlar boshlab yuborildi. Sanoatning 12 ta ilgʻor sohasida modernizatsiyalash va raqobatbardoshlikni oshirish dasturi hayotga joriy qilinmoqda. Natijada oʻtgan yili iqtisodiy oʻsish surʼati 5,6 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsulotlari hajmi 6,6 foizga eksport 28 foizga oshdi. Mamlakatning oltin-valyuta zaxirasi 2,2 milliardga ortib jami 28,6 milliard dollarga yetdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Murojaatnomada fan va taʼlim sohasiga ham alohida eʼtibor qaratgan. Mazkur sohani yangi bosqichga koʻtarish maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan 2020-yil mamlakatda Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb eʼlon qilindi. Shu bois Shavkat Mirziyoyev 2020-yilda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda tub burilish yasash lozimligini alohida qayd etdi. Birinchi navbatda qurilish, energetika, qishloq xoʻjaligi va suv xoʻjaligi, transport, geologiya, kadastr, sogʻliqni saqlash, taʼlim, arxiv ishlarini raqamlashtirish muhimligini aytib oʻtildi.
2020-yilda 206 ta yirik ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish maqsadida 23 milliard dollarlik investitsiya oʻzlashtiriladi. Shuningdek, Prezident mamlakatda biznes muhitini yana-da yaxshilash zarurligini ham eslatgan.
Shavkat Mirziyoyev murojaatnomaning soʻnggi qismida mamlakatda boshlangan islohotlarni endi ortga qaytarib boʻlmasligini va u hal qiluvchi bosqichiga chiqqanini taʼkidlagan. “Oʻzining aniq natijalarini berayotgan islohotlarni odamlarimiz maʼqullanmoqda. Va bunday yangilanishlarni, bu qadar jadal jarayonni endi hech kim ortga qaytara olmaydi. “Eng muhimi, islohotlar natijalarini har bir oila, har bir vatandoshimiz oʻzining kundalik hayotida his qilsin.”, – dedi Oʻzbekiston Prezidenti.