Halollik – davlat xizmatining asosi
Toshkent shahar hokimligida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar filiali bilan hamkorlikda “Halollik – davlat xizmatining asosi” mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini olish, odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilish va huquqiy bilimini oshirish maqsadida tashkil etildi.


Seminarda davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini olish, odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilish, shuningdek, davlat xizmatchilarining xizmat faoliyatiga oid va xizmatdan tashqari odob-axloqi to‘g‘risidagi ma’ruzalar tinglandi.


Seminar so‘ngida davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi kabi salbiy holatlarning oldini olish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA