Gulistonda “Loyihalar yarmarkasi”
Davlatimiz rahbari tomonidan 2024 yil 16 dekabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Guliston tumanida ham “Loyihalar yarmarkasi” tashkil etildi.
Mahallalarga biriktirilgan tijorat banklari vakillari hamda tadbirkorlar ishtirok etgan ushbu tadbirda "Sayxunobod", “Uychi”, “Zarbdor” hamda “G‘ijduvon” tajribalari asosida tayyorlangan biznes rejalar taqdimoti o‘tkazildi. Aholining tadbirkorlik faoliyatiga daxldor 20 dan ortiq biznes rejasi muhokama qilindi.
Fuqarolarda tadbirkorlik ko‘nikmasini shakllantirish, banklar tomonidan taklif qilinayotgan imtiyozlar, aholi bandligini ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Mutaxassislar tomonidan tadbirkorlikka doir qonunchilikka kiritilgan o‘zgartish va yangiliklar, imtiyoz va qulayliklar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.
[gallery-21402]
G‘ulom Primov, Shahriyor Ortiqboyev(surat),
O‘zA muxbirlari