Guliston tumanida ixtisoslashgan maktab-internati faoliyat boshladi
Bu haqda viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Prezidentimizning joriy yil 7-mayidagi “Matematika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida viloyat hokimining 2020-yil 20-iyuldagi 209-sonli qaroriga asosan Guliston tumanida matematika fani chuqur oʻrgatiladigan “Sirdaryo-Qorakoʻl” maktab-internati tashkil etildi.
Bu haqda viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ushbu maktab-internatining 8-, 9- va 10-sinflarga oʻquvchilar qabuli boʻyicha imtihonlar joriy yilning 20-avgust kuni Guliston shahridagi 16-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining sport maydonida oʻtkazilishi belgilandi. Imtihonga oʻquvchilar karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda, tibbiy niqob va qoʻlqopda kelishlari talab etiladi.
Bundan tashqari, maktab-internat maʼmuriyati biroz muddat oʻtib, boshlanayotgan yangi oʻquv yilida 7-sinf oʻquvchilarini ham qabul qilishni rejalashtirgan.