Guam jamoasi mag‘lub etildi
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida "Billie Jean King Cup" musobaqasi davom etmoqda.
Bugun, 23 avgust kuni «A» guruhidan joy olgan O‘zbekiston terma jamoasi Guam jamoasi bilan bahs yuritdi.
Shiddatli o‘tgan ilk o‘yinda Ominaxon Valixonova Sidney Pakkbiyerni 6:2 6:0 hisobida dog‘da qoldirgan bo‘lsa, ikkinchi qarama-qarshilikda Oqgul Omonmurodova Fremont Gibdonni 6:0, 6:0 hisobida yengdi.
Jamoalarning uchinchi «dueli»da Nasiba Espolova/ Aliya Musabekova juftligi Fremont Gibson/Sidney Pakkbiyer hamkorligini 6:1, 6:3 hisobida mag‘lub etdi.
Guam jamoasini 3:0 hisobida taslim etgan vakilalarimiz "Asia/Oceania Group II" bosqichidagi o‘yinlarini davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston qizlar jamoasi Shri-Lanka, Guam, Bruney vakilalari bilan bitta guruhdan joy olgan bo‘lib, musobaqalar 27 avgust kuniga qadar davom etadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA