G‘oliblar imtiyozli asosda talabalikka qabul qilinadi
FOTOREPORTAJ
Buxoro davlat universitetida matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari va akademik litsey bitiruvchilari o‘rtasida ko‘p bosqichli fan olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Rustam Jumayev tadbirda so‘z olib, ushbu bilimlar bellashuvida ilm-fanga chanqoq, intellektual salohiyati yuqori va mustaqil fikrlaydigan yoshlarni saralashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
[gallery-29063]
Olimpiadaning viloyat bosqichida yuqori natija ko‘rsatgan 50 nafar eng iqtidorli yosh (har bir fandan 10 nafardan) yakuniy bosqichda o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi. Jarayonlar ikki turda tashkil etilib, ishtirokchilar murakkab masalalar bo‘yicha yozma ish hamda test sinovlari va laboratoriya mashg‘ulotlarini bajardi.
Nizom talablariga ko‘ra, yakuniy bosqichda har bir fan bo‘yicha 1, 2 va 3-o‘rinni egallagan g‘oliblar 2026/2027 o‘quv yilida Buxoro davlat universitetiga davlat imtihonlarisiz, imtiyozli asosda talabalikka qabul qilinadi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA