G‘olib xotin-qizlar respublika bosqichiga yo‘llanma oldi
Toshkent shahrida xotin-qizlarni ommaviy sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan “Ayollar sport olimpiadasi”ning shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqalar davomida xotin-qizlar stol tennisi, shaxmat, shashka va yengil atletika yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Har bir sport turi bo‘yicha bahslar faollik va yuqori kayfiyatda o‘tdi.


Bellashuvlar yakunida har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, ular diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shahar bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan xotin-qizlar endilikda respublika bosqichida Toshkent shahri nomidan ishtirok etadi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA