“Global Tour – 2026” ishtirokchilari soni rekord darajada oshdi
Poytaxtimizda joylashgan “Universal Horses Stable” ot sporti klubida konkur bo‘yicha “Global Tour – 2026” musobaqasining ikkinchi bosqichi start oldi.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, “Global Tour” musobaqasining ushbu bosqichida ilk bor 100 nafarga yaqin chavandoz o‘zlarining tulporlari bilan ishtirok etmoqda. Bunday katta miqdordagi ishtirokchilar soni odatda, xalqaro musobaqalarda kuzatilar edi. Ammo bu safar shunday yuqori ko‘rsatkich aynan mazkur musobaqda qayd etildi. Bu esa yurtimizda yilqichilik va ot sporti jadal rivojlanayotgani, shuningdek, ot sportining konkur yo‘nalishiga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganining yaqqol ifodasidir.
Eslatib o‘tamiz, bu safargi musobaqada chavandozlar quyidagi yo‘nalishda saralanadi:
A toifa — 130 sm.
B toifa — 110 sm.
C toifa — 100 sm.
D toifa — 115 sm.
E toifa — 100 sm.
F toifa — 80 sm.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA