Global muammolar o‘z yechimini kutmoqda
Bugun Yaponiyaning Osaka shahrida “Katta yigirmatalik“ mamlakatlari rahbarlari ishtirokida ikki kunlik uchrashuv boshlandi.
Bugun Yaponiyaning Osaka shahrida “Katta yigirmatalik“ mamlakatlari rahbarlari ishtirokida ikki kunlik uchrashuv boshlandi.
BelTa telegraf agentligi xabariga ko‘ra, uchrashuv doirasida jahon iqtisodiy muammolari, jumladan, savdo-sotiq va atrof-muhit tizimiga oid muammoli global masalalar atroflicha o‘rganilishi ma’lum qilingan.
Uchrashuv doirasida, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritadigan yirik korporatsiyalar uchun yagona xalqaro soliq tizimini joriy etish masalasi ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Atrof-muhit muhofazasi mavzusiga doir muzokaralarda jahon okean olami ifloslanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatayotgan yelim chiqindilarni bartaraf etish masalasiga ham alohida e’tibor qaratiladi.
Ma’lumot o‘rnida, “Katta yigirmatalik“ guruhining navbatdagi uchrashuviga a’zo davlatlar qatorida Vetnam, Singapur, Niderlandiya, Misr, Ispaniya, Senegal va Chili mamlakati rahbarlari ham taklif etilgan.