Giyohvand moddalar sotuvchisi qo‘lga tushdi
Buxoro viloyati Shofirkon tumani IIB xodimlari tomonidan “Qoradori – 2022” tezkor profilaktik tadbiri o‘tkazildi.
Natijada tumanning “Savrak” mahallasida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan fuqaro Q.E. ismli erkak tuman markazidagi “Volidam” nomli telefon tuzatish ustaxonasi oldida sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra sof vazni 1,57 gramm “Marixuana” giyohvandlik moddasini 3 million 250 ming so‘mga baholab sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Gumon qilinuvchi fuqaro Q.E bilan olib borilgan qo‘shimcha surishtiruv harakatlari davomida uning yana bir holatda 650 ming so‘m evaziga viloyat IIB EKBning kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra 0,62 gramm ko‘p miqdordagi “Gashish” giyohvandlik moddasini boshqa bir shaxsga sotganligi ham aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan tuman IIB tomonidan fuqaro Q.E. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA