Gimnastrada g‘oliblari aniqlandi
Guliston shahrida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida yoshlarni ommaviy sportga keng jalb qilish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida sportning gimnastrada turi bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada tuman va shahar bosqichlarida ishtirok etib, birinchilikni qo‘lga kiritgan jamoalar sport harakatlari va milliy musiqa uyg‘unligi shartlari bo‘yicha bellashdi.


Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, 3-o‘rinni Sardoba tumani, 2-o‘rinni Yangiyer shahar jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Shirin shahar jamoasi birinchi o‘rinni egallab, respublika bosqichida ishtirok etish huquqiga sazovor bo‘ldi.
G‘olib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.




G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri