Gilyermo Ochoa: Meksika sharafini himoya qilish har doim faxr va mas’uliyatli bo‘lgan
Ochoa Ronaldu va Messi kabi bu yil oltinchi marta jahon chempionatida ishtirok etadi.
Meksika terma jamoasi darvozaboni Gilyermo Ochoa jamoasining mundialga bag‘ishlangan marosimi haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Meksika bayrog‘ini mamlakat prezidenti Klaudiya Sheynbaum qo‘lidan qabul qilib olish katta sharaf. Mamlakatimiz sharafini himoya qilish biz uchun har doim faxr va katta mas’uliyat bo‘lgan. Bugun xalqimizni birlashtiruvchi ramzni qo‘limizga olib, yana bir bor Meksika uchun maydonda ham, undan tashqarida ham bor kuchimizni bag‘ishlash istagimizni tasdiqladik", - dedi Ochoa ijtimoy tarmoqlarda.
Darvozabon milliy terma jamoa safida 153ta bellashuvda maydonga tushgan. o‘z darvozasidan 154ta gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, 63ta bahsda quruq o‘yin o‘tkazishning uddasidan chiqqan. Ochoa Ronaldu va Messi kabi bu yil oltinchi marta jahon chempionatida ishtirok etadi.