Germaniyada koronavirus bilan kasallanish ortib bormoqda
INTERFAX.RU xabarida aytilishicha, mamlakatda kunlik 294 holatda koronavirusga chalinishi va keyingi vatqda kasalanish darajasi ortib borishi sharoitida Germaniya parlamenti majburiy emlashni joriy qilish masalasini muhokama qiladi.
Associated Press xabariga ko‘ra, hukumat dastlab katta yoshli aholi uchun majburiy emlanishni joriy qilgandi. Lekin ko‘pgina rasmiylar barcha cheklovlarni mutlaqo bekor qilish lozim deb hisoblamoqda, 20 martdan cheklovlarni bekor qilishga kirishiladi ham. “Bu odatiy hayotga qaytish uchun tashlangan qadam va bu biz uchun juda zarur”, dedi moliya vaziri Kristian Lindner.
Ayni paytda Germaniya hukumati 16 federal yerning mahalliy hokimiyati o‘zi uchun qanday chorani qabul qilsa, shuni ma’qullashi ham mumkin.