Germaniya YeIning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyasini e’lon qildi
Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful yaqin haftalarda Yevropa Ittifoqi Rossiyaning qator jismoniy shaxslariga nisbatan qo‘shimcha cheklov joriy etishini ma’lum qildi.
Irlandiyada o‘tkazilgan YeI uchrashuvi doirasida so‘zlagan diplomat, garchi ittifoq allaqachon keng qamrovli sanksiyani ilgari surgan bo‘lsa-da, alohida shaxslarga nisbatan bosimni davom ettirish bo‘yicha ish to‘xtamasligini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, Moskvaga bosim kuchaymoqda. Shu bilan birga Ukrainani qo‘llab-quvvatlash ham yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Bu holat YeI jipsligini ko‘rsatadi.
Germaniya TIV rahbarining ushbu bayonoti Berlin o‘tgan oy Leypsig/Xalle aeroportida sodir etilgan dron hujumiga urinishda Rossiyani aybdor deb topgani va shunga javoban qator chora-tadbirlar ko‘rishga buyruq berilgani ortidan yangradi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA