Genrix Mxitaryan: «Yosh futbolchilar uchun namuna bo‘lishga harakat qilaman»
Bu mening professional futbolchi sifatidagi 20-mavsumim.
«Inter» yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan professional futbolchilik faoliyatidagi 20-mavsumi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bu mening professional futbolchi sifatidagi 20-mavsumim. Men bundan juda baxtliman va bu men uchun juda katta ahamiyatga ega.
Bu, ehtimol, faoliyatim davomida ko‘p narsani to‘g‘ri qilganimni anglatadi. Aynan shu sababli shuncha yil yuqori darajada o‘ynashga muvaffaq bo‘ldim.
Men jamoadagi eng tajribali futbolchiman va yoshlar uchun namuna bo‘lishga harakat qilaman. Hammasini to‘g‘ri qilishga, ular o‘rganishi mumkin bo‘lgan jihatlarni ko‘rsatishga intilaman.
Bu juda muhim. Men ularga maydonda ham, maydon tashqarisida ham yordam berishga harakat qilaman. Keyingi qadam esa o‘zlariga bog‘liq — ular o‘rganishni xohlashadimi yoki yo‘q.
Biz bitta jamoa, bitta oilamiz va maqsadlarimizga faqat birgalikda erisha olamiz», — dedi Mxitaryan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Inter» 37 yoshli armanistonlik yarim himoyachi bilan shartnomani 2027-yil 30-iyungacha uzaytirganini rasman e’lon qilgan edi.
O‘tgan mavsumda Mxitaryan barcha musobaqalarda 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta assist muallifiga aylandi.