G‘azoda halok bo‘lganlar soni 19 mingdan oshdi
G‘azo sektoriga 7 oktyabrdan buyon uyushtirilgan hujumlar natijasida oxirgi 24 soat ichida nobud bo‘lganlar 214, yaralangan 300 nafarga ortib, jami qurbonlar soni 19 667 kishiga yetdi.
G‘azo sog‘liqni saqlash tashkiloti voizi Ashraf Al-Qudra yozma bayonot berib, 74 kundan beri davom etayotgan harbiy harakat haqida ma’lumot keltirgan.
Minglab odamlar hali vayronalar ostida qolmoqda, shifoxona xizmati to‘xtagan.
Minglab bemorlar, ayollar, bolalar va yaradorlar davolana olmayotganini ta’kidlagan Qudra xalqaro hamjamiyat butun dunyo ko‘z o‘ngida amalga oshirilayotgan xunrezlikni ko‘rib, sukut saqlayotganidan hayratda ekanini bildirdi.