Gandbolchi qizlarimiz Bolgariyada xalqaro musobaqada qatnashmoqda
Bolgariyada U-17 hamda U-19 ayollar jamoalari o‘rtasida gandbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan Xalqaro gandbol federatsiyasi kubogida (IHF Trofhi women) O‘zbekiston U-17 hamda U-19 qizlar terma jamoalari ishtirok etmoqda.
IHF Trofhi women musobaqasining U-17 toifasida hamyurtlarimiz Bolgariya, Kanada, Gvineya va Venesuela jamoalari bilan kuch sinashayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston U-19 qizlar terma jamoasi Bolgariya, Kanada, Kolumbiya hamda Gvineya termalariga qarshi harakatlanmoqda.

Kecha xalqaro turnirning ilk kunida U-17 jamoamiz Kanada jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Keskin va murosasiz kechgan o‘yinda hamyurtlarimiz 38:31 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston U-19 jamoasi esa dastlabki kungi bahsda Kanada jamoasiga 39:31 ko‘rinishida imkoniyatni boy berdi.

Bugun, 9-aprel kuni U-19 qizlar jamoamiz ikkinchi uchrashuvda gvineyaliklar, U-17 jamoamiz esa kanadalik tengqurlari bilan kuch sinashadi.
IHF Trofhi women xalqaro musobaqasi 11-aprelga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA