Gaiti prezidentiga suiqastning oldi olindi
Gaiti huquqtartibot organlari davlat to‘ntarishiga urunish va prezident Jovenel Moizning joniga suiqast uyushtirilishining oldini olishga muvaffaq bo‘ldi, deyiladi mahaliy Haiti Libre portali.
Prezident Moyz brifing o‘tkazib, shanba kuni maxsus xizmat xodimlari tomonidan davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olinganini ma’lum qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, fitnachilar uni ham o‘ldirishni rejalashtirishgan.
Maxsus xizmat xodimlari davlat to‘ntarishini amalga oshirishga aloqador 20 kishini hibsga olgan.
Frans Press agentligining ma’lum qilishicha, hukumat qo‘lga olinganlarning qurollarini musodara qilgan. Adliya vazirining ta’kidlashicha, to‘ntarishga tayyorgarlik ishlariga hukumatning yuqori lavozimdagi vakillari ham aralashgan.