G‘oliblar mamlakat bosqichida
Qashqadaryoda 9 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Kamolot-tur” velomarafonining viloyat bosqichida 128 nafar havaskor sportchi ishtirok etdi.
Qashqadaryoda 9 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Kamolot-tur” velomarafonining viloyat bosqichida 128 nafar havaskor sportchi ishtirok etdi.Marafonchilar Qarshi tumanidagi “Beshkent” yo‘l-patrul xizmati postidan Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘igacha bo‘lgan 20 kilometrlik masofani bosib o‘tdi.
Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan musobaqa yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Turnir yakunida 9-14 yoshli ishtirokchilar o‘rtasida Arslon Tursunov, 15-17 yoshlilar o‘rtasida Husniddin Omonov, 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan velosportchilar o‘rtasida esa Shohruh Samiyev g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ular velomarafonning mamlakat bosqichida ishtirok etadi.
G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.