Gʻolib va sovrindorlar taqdirlandi
Andijon shahridagi “Sogʻlom avlod” stadionida Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida boʻlib oʻtgan XVIII Osiyo oʻyinlari gʻolib va sovrindorlari boʻlgan andijonlik sportchilarni taqdirlashga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi.
Andijon shahridagi “Sogʻlom avlod” stadionida Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida boʻlib oʻtgan XVIII Osiyo oʻyinlari gʻolib va sovrindorlari boʻlgan andijonlik sportchilarni taqdirlashga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi.Osiyo oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan – ogʻir atletikachi Ruslan Nuriddinov, bokschilar Iqboljon Xoldorov, Jasurbek Latipov 30 million soʻmdan, kumush medal sovrindorlari – bokschi Hasanboy Doʻsmatov, ogʻir atletikachi Omadoy Otaqoʻziyeva 20 million soʻmdan va bronza medal sovrindori – kurashchi Oysuluv Abdumajidova 15 million soʻm miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.
– Men Osiyo sport oʻyinlari tarixida mamlakatimiz ogʻir atletikachi ayollari orasida birinchi boʻlib medalga sazovor boʻlganimdan behad xursandman, – deydi Osiyo oʻyinlari kumush medali sovrindori Omadoy Otaqoʻziyeva. – Qoʻlga kiritgan yutuqlarimiz qadrlanib, bizga koʻrsatilayotgan eʼtibor va ehtiromdan boshim koʻkka yetdi.
Tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov soʻzga chiqdi.
