Futbolchilarimiz bugun Eronga qarshi o‘ynaydi
Saudiya Arabistonida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida o‘tayotgan Osiyo kubogida bugun “B” va “S” guruhlarida ikkinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
“C” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi soat 19:00da Eron termasiga qarshi maydonga tushadi.
Shuningdek, ushbu guruhdagi ikkinchi o‘yinda Janubiy Koreya – Livan o‘zaro to‘qnash keladi. Eslatib o‘tamiz, Ravshan Haydarov qo‘l ostidagi jamoamiz ilk tur yakuniga ko‘ra, 3 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilmoqda.

“B” guruhida esa ikkinchi tur doirasida Yaponiya va BAA guruhda kim favorit ekanini isbotlash uchun raqobatlashsa, Qatar – Suriya bahsida har ikki jamoa ilk 3 ochko uchun bor kuch-g‘ayratini ishga soladi.
Ma’lumot o‘rnida, kuni kecha "A" guruhidan o‘rin olgan Vetnam 2:1 hisobida Qirg‘izistonni mag‘lub etdi va ochkolarini 6 taga yetkazib oldi.
Iordaniya gollarga boy o‘tgan o‘yinda Saudiya Arabistoni ustidan 3:2 hisobida zafar quchji. Natijada ushbu ikki jamoaning ochkolari 3 taga yetib, 2-3 o‘rinlarni band etdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA