Futbol. O‘zbekiston – Bangladesh – 2:0
FOTOREPORTAJ
Kecha Toshkent viloyatidagi «Do‘stlik» stadionida 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi saralash bahslariga start berildi.
Qit’a birinchiligi yo‘llanmasi uchun guruh bosqichidagi dastlabki uchrashuvini Bangladesh terma jamoasiga qarshi o‘tkazgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi maydonni 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan tark etdi.
[gallery-31183]
Uchrashuv davomida vakillarimiz hujumkor o‘yin namoyish etib, raqib darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi. Gollarga Quvonishbek Saydaliyev va Quvonchbek Abrayev mualliflik qildi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi saralash bosqichini g‘alaba bilan boshladi. Endi yoshlarimiz guruhda yana ikki uchrashuv o‘tkazadi.
Jamoamiz 3-sentabr kuni Hindiston, 6-sentabr kuni esa Suriya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Saralash bahslaridagi ushbu uchrashuvlar O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining keyingi bosqichga yo‘llanma uchun imkoniyatlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA